Tailandda noodatiy egizak fillar tugʻildi

    Tailandning markaziy qismidagi osiyolik fil kamdan-kam uchraydigan egizak fillarni dunyoga keltirdi. Zoologlar ushbu holatni moʻjiza deb taʼriflashmoqda.

    36 yoshli Chamchurining tugʻruq vaqti kutilmaganda yuz bergan va egizak fillarni dunyoga keltirdi. U birinchi bolasini dunyoga keltirgandan soʻng, zoologlar fil bolasining egizagi ham borligini payqashgan.

    Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

    Save the Elephants tadqiqot tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, egizak fillar tugʻilishi 100 tadan bir foiz holatda yuz berishi mumkin. Turli jinsli egizak fillar tugʻilishi esa juda noyob va deyarli kuzatilmaydigan holat.

    – Fil bolasining birini onasidan uzoqlashtirganimizda, uning egizagi ham sekin oʻrnidan turib, yurishga harakat qildi. Biz bu voqeadan juda xursandmiz. Sababi egizak fillarning dunyoga kelishiga kamdan-kam odamlar guvoh boʻlishgan. Chunki bu hodisa koʻp sodir boʻlmaydi, – deydi veterinar Lardtongtare Mipan BBCga bergan intervyusida.

    Aholining asosiy qismi buddistlar boʻlgani uchun Tailandda fillar muqaddas hisoblanadi. Shuningdek fillar Tailandning milliy ramzi hisoblanadi.

    Qizigʻi shundaki, parkda ushbu hodisa boʻlgandan soʻng tashrif buyuruvchilarning soni keskin ortgan. Odamlar fil bolalarini koʻrish uchun oyoq kiyimlari va qoʻllarini dezinfeksiya qilish talabi qoʻyilgan.