Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini chet elda keng targʻib etish va oʻzbek tilining xalqaro nufuzini oshirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda xalqaro maktab oʻquvchilari qogʻozdan oʻzbek milliy doʻppisi namunalarini yasadi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tarixiy obidalari va davlat bayrogʻi rasmlarini chizdi, oʻzbek tilida salomlashishni oʻrgandi va oʻzbek milliy raqslari ijrosi boʻyicha saboq oldi.
Oʻzbekiston kuni doirasida maktab oʻquvchilari, ularning ota-onalariga mamlakatimizning boy madaniyati va turizm salohiyati haqida hikoya qiluvchi kitob va jurnallar tarqatildi.
Taqdimot davomida ishtirokchilarda mamlakatimiz haqida ijobiy taassurotlar uygʻondi. Oʻz navbatida, ular Oʻzbekistonga sayohat qilish niyatida ekanini maʼlum qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.