Tailandda yangi yil ta'tili davomida yuz bergan yo'l-transport hodisasi qurbonlari soni 190 nafarga yetdi

    Tailandda 2023-yil 29-dekabrdan 2024-yil 1-yanvargacha bo'lgan davrda yo'l-transport hodisalari qurbonlari soni 190 nafarga yetdi, 1,5 mingdan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.

    Yo'l-transport hodisalariga qarshi qo'mondonlik markazi ma'lumotlariga ko'ra, tezlikni oshirish va mast holda avtomobil boshqarish yo'l-transport hodisalarining asosiy sabablari bo'lib, mos ravishda 39 va 30 foizni tashkil qilgan. Eng ko'p baxtsiz hodisalar 1-yanvar kuni sodir bo'lgan, ularda 62 kishi halok bo'lgan, 422 kishi jarohatlangan. 86 foiz holatda mototsikl haydovchilari yo'l-transport hodisalarida ishtirok etgan.

    Tailand hukumati avvalroq 2-yanvarda tugaydigan yangi yil bayramlarida yo'l-transport hodisasi qurbonlari soni keskin oshishi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirgan edi.

    O'tgan yili Tailandda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisalari oqibatida 13,5 mingdan ortiq kishi halok bo'lgan va 773 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, deb xabar beradi tass.ru.