Tailand poytaxtida yo'lning o'pirilib tushishi oqibatida chuqurligi 50 metr va eni 30 metrgacha bo'lgan ulkan chuqur hosil bo'ldi.
Bangkok Post xabariga ko'ra, Bangkokdagi davlat shifoxonasi oldida yo'l o'pirilib tushgan.
Chuqurga ikkita elektr ustun va politsiya mashinasi tushib ketgan.
Hodisa yuz bergan joyga olib boruvchi yo'llar xavfsizlik nuqtai nazaridan transport harakati uchun yopilgan.
SHifoxona ambulator bemorlarni qabul qilishni to'xtatdi va taxminan 3500 nafar statsionar bemorlar evakuatsiya qilindi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Hodisa sabablarini o'rganish davom etmoqda, deb xabar berdi aa.com.tr.









