Bu haqda Bangkok gubernatori Chadchart Sittipuntga tayanib, Reuters xabar berdi.
Gubernator, shuningdek, takroriy er osti silkinishlari ehtimoli haqida ogohlantirdi, biroq umuman vaziyat nazorat ostida ekanini ta'kidlab, tinchlanishga chaqirdi, deya xabar beradi agentlik. Rasmiylarga binolarga zarar yetganligi haqida 169 ta xabar kelib tushgan. Bangkok metro yo'nalishlari vaqtincha yopildi, biroq 29 martdan ishga tushishi kutilmoqda. Tailandning Khaosod nashri ma'lumotlariga ko'ra, barcha qurbonlar Bang Su tumanida qurilayotgan Davlat nazorat idorasi binosi ichida bo'lgan.
Myanmada kuchli zilzila yuz berdi. Turli manbalarga ko'ra, uning magnitudasi 7,7 dan 7,9 gacha bo'lgan. Undan keyin 6,4 magnitudali ikkinchi bor zilzila sodir bo'ldi. Yer osti silkinishlari Xitoy, Tailand va Vyetnamda ham sezilgan. Myanmada zilzila oqibatida Iravadi daryosi ustidagi ko'prik qulab tushdi va tarixiy Mandalay saroyining bir qismi vayron bo'ldi. Bangkokda ko'p qavatli uylar aholisini evakuatsiya qilish e'lon qilindi. Tailand Bosh vaziri poytaxtda favqulodda holat e'lon qildi, deb xabar beradi tass.ru.