Tailanddagi aviahalokat oqibatida besh nafar Xitoy fuqarosi halok bo'ldi

    Tailand sharqidagi Chachengsau viloyatida yengil samolyotning qulab tushishi oqibatida besh nafar Xitoy fuqarosi hayotdan ko'z yumdi.

    Bu haqda “Sinxua” agentligi Xitoyning Tailanddagi elchixonasi va mahalliy hokimiyat organlariga tayanib xabar berdi.

    Tailand fuqaro aviatsiyasi ma'muriyatining bayonotida ta'kidlanishicha, halokatdan oldin Thai Flying Service kompaniyasining bort raqami TFT 209 bo'lgan Cessna Caravan C208B samolyoti bilan Bangkokdagi Suvarnabxumi aeroportidagi havo harakatini boshqarish markazi o'rtasida aloqa uzilib qolgan.

    Samolyot mamlakat janubi-sharqidagi Trat viloyatiga uchayotgan edi. Samolyot bortida yetti nafar yo'lovchi va ikki ekipaj a'zosi, jumladan, Tailand va Xitoy fuqarolari bo'lgan, deb xabar beradi report.az.

    Khaosod gazetasining yozishicha, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi chog'ida samolyot qoldiqlari o'rmondan topilgan.