Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.Tailandning yovvoyi tabiat boʻlimi hamda Yovvoyi tabiatni asrash tashkiloti hind-xitoy yoʻlbarsini fotoqopqon yordamida “qoʻlga olingan”ini eʼlon qildi.
Oʻtgan asrda bu turdagi yoʻlbarslarning oʻsish soni yuz mingga yaqin boʻlgan. Endilikda esa ular 3900 tani tashkil qiladi. Hozircha yoʻlbarslarning soni aniqlanmagan, ammo ular juda kam. Shuningdek, yoʻlbarslarning paydo boʻlishi ekotizimning qayta tiklanayotganidan darak beradi hamda yovvoyi tabiat uchun ham yaxshi.
Mutaxassislar Tailand yoʻlbarslari sonining oshishiga umid qilmoqda. Hind-xitoy yoʻlbarsi Bengal yoki Amur yoʻlbarslaridan kichikroq. Ular koʻproq Kamboja, Malayziya hamda Vyetnamda uchraydi.