Shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati boʻyicha mazkur cheklovlar yana joriy yilning 1-sentyabriga qadar uzaytirildi.
Bu haqda Bojxona qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, cheklov muddatining uzaytirilishi mazkur oʻtkazish punktlarida muhandislik tarmoqlarini yotqizish, binolarni kapital taʼmirlash, metall konstruksiyalarni oʻrnatish kabi keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani sababli Qozogʻiston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini taʼminlash, qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy etilmoqda.
Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari “Tajen” (Qozogʻiston) – “Dovut ota” (Oʻzbekiston) chegara oʻtkazish punkti orqali harakatni amalga oshirishlari mumkin.









