Yurtimizda yozining birinchi yarmida havo harorati kunduzi 38-40 C ga yetdi, shimol, janub va choʻl zonalarida + 42 gacha yetdi. 2022-yil iyul oyi oxirida kuzatishlar tarixidagi eng yuqori harorat koʻrsatkichi (taxminan +50 daraja) Navoiy viloyatining Tomdi tumani va Surxondaryo viloyatining Termiz shahri hududida qayd etildi.
Iqlimga moslashib borishimizni oʻzimizni ishontirishga qanchalar urinmaylik, baribir har yozning “chilla”si bizni hayratga soladi. Ayniqsa, joriy yilda Toshkent shahri ham vaqti-vaqti bilan elektr taʼminotida muammolarga duch kelmoqda. Lekin maʼlumotlarga qaraganda, “elektr tarmogʻiga yuklamalar ortib ketishi” fuqarolarning iqlim uskunalarini - ventilyatorlardan tortib kuchli havo sovutgichlarigacha sotib olish istagi va ehtiyojlariga taʼsir qilmayapti. Buni mavsumiy yozgi tovarlarga talabning haddan tashqari koʻpligi yaqqol koʻrsatib turibdi.
Joriy yilda taqdim etilgan iqlim mahsulotlarining 5922 tasi yangi, 2242 tasi ishlatilgan boʻlgan(taqqoslash uchun, butun 2022-yil davomida sotilgan 6811 ta yangi mahsulot va 2606 tasi ishlatilgan edi). Aytgancha, ushbu turkumda 59 000 dan 200 000 soʻmgacha boʻlgan tovarlar (koʻchma ventilyatorlar, havo namlagichlari, ventilyatorlar) 10 million soʻmgacha (turar-joylar uchun split-tizimlar va katta xonalar uchun moʻljallangan “agregatlar”) deklaratsiya qilingan.
Agar butun oʻtgan 2022-yil davomida savdo platformasida “ventilyator”, “konditsioner”, “split” teglari boʻyicha foydalanuvchilarning soʻrovlari soni 777 130 tani tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilning atigi olti oyi ichida ushbu koʻrsatkichi 637 662 taga yetdi.
“Iqlim uskunalari” haqidagi eʼlonlarga keladigan boʻlsak, bu yerda “talab taklif yaratadi” marketing tamoyiliga moslikkoʻzga tashlanadi. Joriy yilning yanvar-may oylarida 8165 ta eʼlon chop etilgan boʻlsa, oʻtgan yilning shu davrida 5432 ta eʼlon joylashtirilgan.
“Iqlim uskunalari” soʻrovi “Elektronika” toifasidan tashqari “Biznes va xizmatlar”, “Ish” boʻlimlarida ham eʼlon qilindi. Ushbu mahsulotlarning dolzarbligi bilan bir qatorda, split tizimlar, markaziy va devorga oʻrnatiladigan konditsionerlar kabi turli xil konditsioner va shamollatish tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish, oʻrnatish va taʼmirlashga ixtisoslashgan taʼmirchilariga boʻlgan talab / taklif ham oshdi. Oʻtgan yili mutaxassislar xizmati uchun toʻlov 220 000 — 5 500 000 soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bu yil kasbiy mahorat, xizmat turlari va ishning murakkabligiga qarab 250 000— 7 000 000 soʻmni tashkil etmoqda.
Tahlil uchun maʼlumotlar “parsing” metodi orqali turli saytlardan olindi.
Zarnigor Usmanova,
mutaxassis