Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Bu haqda vazirlik maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, talaba va oʻquvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va oʻquvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yoʻl chiptalari sotuvi yoʻlga qoʻyiladi.








