Oʻzbekiston shimolida -1...-3 daraja sovuq boʻlishi mumkin

    Joriy yilning 12-14-oktyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

    Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati maʼlum qilmoqda.

    12-13-oktyabr kunlari respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, 13-oktyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarining baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, togʻlarda qorga aylanadi.

    Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    13-14-oktyabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha boʻlishi mumkin.