Talabalar ijara toʻlovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi

    Hukumat 13 Aprel 2021 3286

    Talabalar yotoqxonalarini qurish uchun 4.4 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi, ijara pulining 50 foizi esa davlat tomonidan qoplab beriladi.

    Prezident ijarada yashaydigan talabalar uchun Hukumat dasturi tayyorlanayotganini maʼlum qildi.

    “Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu farzandlarimizga 1-maydan boshlab ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

    Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablagʻi hisobidan ham qoplab beriladi. Navbatdagi oʻquv yilida buning uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.

    Prezident tashabbusi bilan 4.4 trillion soʻm mablagʻ yangi yotoqxonalar qurilishiga yoʻnaltiriladi.