Boshqarmaning ogohlantirishicha, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda yoki eʼlonlar joylashtiriladigan ilova hamda veb-saytlarda arzon narxlarda ijaraga uy taklif qiladi.
“Agar unga qiziqish bildirsangiz, xaridor koʻpligini sabab qilib, uni band qilish uchun oldindan pul talab qilishadi.
Eʼtibor bering! Barcha firibgarlar bank plastik karta raqamlarini taqdim etganidan soʻng kelishilgan pulni tashlab berishingizni soʻraydi. Bu esa sizga qoʻyilgan asosiy tuzoq. Yaʼni siz pul oʻtkazmasini amalga oshirganingizdan keyin uy egasini ham, pulni ham koʻrmaysiz”, deyiladi IIBB axborotida.
"Hurmatli talabalar, firibgarlarni tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
- internetda koʻrgan har qanday eʼlonlarga ishonib qolmang;
- uyni oʻz koʻzingiz bilan koʻrmasdan oldin toʻlov qilmang va iloji boʻlsa ishonchli mutaxassislar bilan ishlashga harakat qiling;
- ijara shartnomasi tuzishga alohida eʼtibor bering."