Bunda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport, intellektual o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarga qamrab olish maqsadi ko‘zda tutilgan.
Albatta, buning uchun oromgohda zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilgan. Ovqatlanish, dam olish va yuvinish joylari, sport maydonchalari, konsert va tomoshalar sahnasi, kitobxon yoshlar uchun maxsus platformalar yoshlar xizmatida.
Shuningdek, oromgohda har bir oliy ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan talabalar uchun muhim uchrashuvlar, mahorat darslari, sport musobaqalari, teatr va kino kechalari, turli to‘garaklar tashkil etilmoqda.
Minajatdin Qutlыmuratov,
«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.









