Ayniqsa, talabalarning ko'p kuch va vaqt yo'qotgan holda tashqarida qo'lda kir yuvishlari QarDU rektorining haqli e'tiroziga sabab bo'lgandi.
Bugun universitet rahbarining e'tibori natijasida talabalar turar joylarida barcha sharoitlar yaxshilanmoqda. Joriy yilning 11 mart kuni universitetning barcha yotoqxonalariga zamonaviy kir yuvish mashinalari keltirildi. Endilikda TTJlarda istiqomat qiladigan talaba-yoshlar bemalol kir yuvish mashinalaridan unumli foydalanishlari mumkin. Albatta yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarga berilayotgan e'tibor va g'amxo'rlikning yorqin dalilidir.









