Reglament tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga masʼul shaxsning kompetentligi yuzasidan uni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.
Attestatsiya tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga qoʻyiladigan malaka talablariga talabgorning muvofiqligini aniqlash va kasbiy malaka darajasini xolisona baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun BHM ning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Oʻtkazilgan attestatsiya natijasi boʻyicha tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish boʻyicha tegishli kompetentga ega deb topilgan talabgorga QR-kod qoʻyilgan guvohnoma yuboriladi.
Guvohnomaning amal qilish muddati – 3-yil.