Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydiganlar uchun ajratiladi – Hukumat qarori

    Ta'lim 19 Sentabr 2024 382

    Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi qarori bilan taʼlim krediti ajratishga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Endilikda:

    • oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim kreditini faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish;
    • oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatgichi “3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida taʼlim krediti ajratish amaliyoti joriy qilinadi.

    Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun taʼlim krediti ular toʻgʻrisidagi maʼlumot Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida;

    oʻrta-maxsus va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun esa ular toʻgʻrisidagi maʼlumot prof.edu.uz axborot tizimida mavjud boʻlgan taqdirda ajratiladi.