Ta'lim kreditlari ta'lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklida to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o'qishini ko'chirgan O'zbekiston fuqarosi bo'lgan talabalarga beriladi.

 Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

 Ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga zarur hujjatlarni taqdim etish lozim.

Hujjatlar 5 ish kunida ko'rib chiqiladi. 

 Ta'lim krediti shartnomasi to'lov-kontrakt shartnomasida ko'rsatilgan bir yillik to'lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.