“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da ichimlik rejimini taʼminlovchi tashkilotlarga talablar belgilangan.
Unga koʻra, taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi koʻzda tutilishi kerak.
Taʼlim muassasasidagi ichimlik rejimi quyidagi shakllarda tashkil etilishi kerak: statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida.
Oʻquvchilar taʼlim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida suvdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Stansionar ichimlik favvorachalari 10 sm.dan kam boʻlmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning boʻlishi ham koʻzda tutilishi kerak.
Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u yetarli miqdordagi toza idishlar, shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Bir martalik idishlarni toʻplash uchun maxsus konteynerlar boʻlishi kerak.
Taʼlim muassasasiga keltiriladigan qadoqlangan suvning sifati va xavfsizligini kavolatloqchi hujjati boʻlishi shart.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.