Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida havo harorati necha daraja boʻlishi kerak?

    Ta'lim 12 Yanvar 2023 1112

    Sanitariya-epidemiologiya xizmati taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida havo harorati +16 darajadan past boʻlmasligini eslatib oʻtdi.

    Taʼkidlanishicha, taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq oʻquv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, oʻrtacha ogʻir ishda 17º S va ogʻir ishda 16º S dan past boʻlmasligi kerak.

    Fizika oʻquv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º S – 21º S, havoning namligi 40 – 60 foiz boʻlishi kerak.

    Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.

    Taʼlim muassasasida kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.

    Informatika oʻquv xonasini yertoʻlalarda joylashtirish taqiqlanadi.

    Oʻquv ustaxonalaridagi ish oʻrni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilingan boʻlishi kerak.