Agar o'qituvchi faqat ma'ruza usulidan foydalansa, talaba faqat 5 foiz ma'lumotni xotirasida saqlab qoladi.

 Agar talaba mustaqil tarzda kitob o'qisa, u 10 foiz materialni eslab qoladi.

 Agar darsda audiovizual usullardan foydalanilsa, bu holda talabaning o'zlashtirish darajasi 20 foiz bo'ladi.

Agar o'qituvchi ma'lumotni ko'rsatib bersa (ko'rgazma, namoyishlar orqali o'qitish usuli), unda xotirada saqlab qolish darjasi 30 foizga ko'tariladi.

Yuqoridagi barcha holatlarda talaba PASSIV o'rganuvchi hisoblanadi.

 Eng samarali FAOL bilim quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

Agar darsda talabalar kichik guruhlarga bo'linib, muhokamalar, bahs-munozara (debatlar)da ishtirok etsa, ularda notiqlik san'ati, tanqidiy fikrlash, to'g'ri savollar tuzish mahorati rivojlanib, ular materialning 50 foizni o'zlashtirib, xotirada saqlab qolishlari mumkin.

Dars jarayonlarini amaliyot bilan bog'lash, har qanday olingan yangi ma'lumotlarni amaliyotda sinash o'rganuvchi uchun katta samara beradi. Bu holda 75 foiz bilim xotirada saqlanib qoladi.

Va so'nggi bosqich – o'z bilimlarini boshqalarga etkazish, o'rgatish, o'qitish orqali  (teach others) 90 foiz samaraga erishishi mumkin.

Bilim olishning eng afzal usuli — bilim berish degan naql bor.

Ushbu ta'lim olish piramidasidan ham muallimlar, ham talabalar to'g'ri xulosa chiqarsa, ta'lim sifati yanada yaxshilanadi.