Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adxam Yusupovich Xudoyqulov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Farmonning asosiy maqsadi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini oshirishdir.