Ana shu kelishuv doirasida kuni kecha Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti hamda Osiyo Taraqqiyot Banki hamkorligida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish, izlanish va tadqiqotlar olib borish kompetensiyasini rivojlantirish hamda STEAM fanlarni umumtaʼlim maktablariga joriy etishdagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Unda taʼlimda ilmiy-tadqiqot institutining umumiy roli va funksiyasini anglash, taʼlim statistik maʼlumotlari bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish, boshlangʻich va oʻrta taʼlimga STEAM texnologiyalarini va tajribalarini tatbiq etish hamda STEAM fanlarini qanday qilib samarali joriy etish tajribalarini almashish masalalari muhokama etildi.
Konferensiyada soʻz olgan A. Avloniy nomidagi institut xodimlari va bir qator xorijiy mutaxassislar STEAM fanlari oʻqituvchilarning malakasini muntazam oshirish, STEAM texnologiyalarini taʼlimning har bir bosqichida joriy etish va oʻquvchilarni STEAM asosida yangiliklar yaratishga ruhlantirish borasida oʻzaro fikr va tajriba almashishdi.