Manzil: Talabalar shaharchasi, Universitet koʻchasi (Oʻzbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti binolari oraligʻi) 

“Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida tashkil etilayotgan sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO boʻlimlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar koʻrsatiladi.

Sovrinli viktorinalar oʻtkazilishi ham kutilmoqda.

Sayyor qabulga barcha taʼlim tizimi  xodimlarini taklif qilamiz, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.