"Ta'lim to'g'risida”gi qonundan 123 norma chiqarib tashlandi

    Ta'lim 19 May 2020 572

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi tahrirdagi “Ta'lim to'g'risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o'qishda ko'rib chiqildi.

    Qonun loyihasining avvalgi muhokamasida bildirilgan takliflar mas'ul qo'mita hamda ishchi guruh tomonidan qayta ko'rib chiqildi va havolaki qator normalar chiqarilib, to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan moddalar kiritildi.
    Xususan, qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 normaga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy ruhdagi bir necha normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo'llashga ta'sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko'rib chiqish oqibatida 123 norma chiqarib tashlandi. Ularning o'rniga 54 to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi normalar kiritildi.
    e'tiborlisi, qonun loyihasiga inklyuziv ta'lim tushunchasi ham singdirildi. Bu esa har bir bolaning ta'lim olishdagi teng huquqliligini ta'minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi. SHuningdek, loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda ko'zda tutilmagan yangi qoidalar – yurtimizda yoshidan qat'i nazar, katta yoshdagilar umri davomida bilim va ko'nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham qonun bilan mustahkamlanyapti.
    Deputatlar qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yuboradigan bo'ldi.