Taʼlim va sport bir qushning ikki qanoti

    Sport 23 Yanvar 2021 1035

    Joriy yilning 20-22-yanvar kunlari Andijon davlat tibbiyot institutda sportning belbogʻli kurash turi boʻyicha “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Unda mamlakatimizning 14 ta hududidan kuchli mahoratga ega boʻlgan sportchilardan iborat jamoalar ishtirok etdi.

    Gʻoliblar 7 ta vazn toifasida olimpiya oʻyinlari qonun qoidalariga asoslangan holda aniqlandi.

    Musobaqalarda xalqaro toifadagi sport ustalari Jamoliddin Bozorov, Azamjon Shokirjonov, Ismatjon Bozorboyevlar bosh hakamlik qildilar.

    Birinchi kuni vazn oʻlchash marosimlari, ikkinchi kuni esa chorak va yarim final baxslari oʻtkazildi. Musobaqalarning uchinchi kuni saralangan eng kuchli polvonlar finalda oʻzaro kuch sinashdilar. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bellashuvlar yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati vakillari 5 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, 1- oʻrinni egalladi.

    Fargʻona viloyati jamoasi esa 1 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medallari bilan 2- oʻrinni qoʻlga kiritdi. 3-oʻrin esa 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallarni qoʻlga kiritgan Namangan viloyati jamoasiga nasib etdi.

    Musobaqaning eng ogʻir 90 kg vazn toifasi boʻyicha esa 1-oʻringa Asadbek Xatamov ega chiqdi, 2-oʻrin Dostonbek Usmonaliyevga, 3-oʻrin esa Eset Saduakasov hamda 3-oʻrin Muhammadjahongir Joʻrayevlar qoʻlga kiritdi.

    Taqdirlash marosimida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Yusuf Absaotov, vazirlik huzuridagi maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori Mirzohid Botirov, AndDU rektori Akramjon Yuldashev hamda xalqaro toifadagi sport ustalari ishtirok etdi.