Joriy yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan taʼminlash doirasida 7 ming 794 ta qishloq va mahallada bajarilishi lozim boʻlgan aniq ishlar belgilanib, bunga 18 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlash, ichki yoʻllarni qurish va taʼmirlash ishlariga qoʻshimcha 300 million dollar ajratilgan. Natijada, birgina ichimlik suv taʼminoti sohasida 1 ming 400 kilometr tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi, 8,5 ming kilometr ichki yoʻllar taʼmirlandi. Oʻtgan davrda 2 ming kilometr elektr tarmoqlari tortilib, 1 mingta transformator yangilandi.

Shunga qaramasdan barcha sohalar va hududlarda ishlar bir xilda sifatli bajarilmayotganini tanqid qilgan davlatimiz rahbari ikki hafta muddatda barcha obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini yakunlab, qurilish-taʼmirlash ishlarini boshlash boʻyicha topshiriq berdi.

Unga koʻra, bogʻcha, maktab, oilaviy shifokor punkti, poliklinika kabi ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha loyiha hujjatlari bir hafta muddatda yakuniga yetkazilishi kerak boʻladi.