Ayni vaqtda, bugungi kunda taʼlim sohasida strategik tafakkur zarur. Bu nima degani?

Bu oʻn-oʻn besh yil oldinni koʻrib, taʼlim maskanlarini faqat bugungi kun uchun emas, kelajak uchun ishlaydigan darajaga koʻtarish degani.

Chunki taʼlimda, maʼrifatda orqada qolganlar – hech shubhasiz, taraqqiyotda ham orqada qoladi. Bu – tarixda isbotlangan haqiqat.

“Har bir oʻqituvchi va murabbiy, bogʻcha mudirasi, maktab direktori maʼlum maʼnoda strateg boʻlishi zarur.

Uar avvalo el-yurt taqdiri va kelajagini hal qiladigan ulugʻ maqsadlar yoʻlida xizmat qilayotganlarini chuqur anglab yetishlari va shu asosda harakat qilishlari lozim”,

— dedi davlat rahbari.