Ular litseyda oʻquvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va joriy taʼmirlashdan keyingi holat bilan tanishdi.
Uygʻun Gʻafurov taʼlim muassasasida amalga oshirilgan faoliyat va yaratilgan imkoniyat yuzasidan fikr bildirib, Akademik litsey ijrochi direktori va direktor oʻrinbosarlariga kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab berdi.
Jumladan, taʼlim sifatini oshirish, bitiruvchi yoshlarni toʻliq oliy taʼlim muassasalariga kirishlarini taʼminlash, zarur hollarda akademiya professor-oʻqituvchilari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Shuningdek, taʼlimning uzviyligini taʼminlashda hamkorlikdagi yoʻnalishlar, jumladan, taʼlim muassasalari integratsiyasi, akademik litsey oʻquv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, Akademiya bitiruvchi bosqich talabalarining malakaviy hamda pedagogik amaliyotlarini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, nazariy va amaliy mashgʻulotlarni olib borishda professor-oʻqituvchilar tajribasidan foydalanish toʻgʻrisida tavsiyalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida bugungi kunda akademik litseyda 358 nafar oʻquvchi yoshlarga 27 nafar asosiy shtatdagi malakali pedagog oʻqituvchilar va unifikatsiya fanlari doirasida akademiya professor-oʻqituvchilari 4 ta yoʻnalishda davlat taʼlim standartlari asosida taʼlim berib kelmoqda. Oʻquv auditoriyalari 17 dona zamonaviy interaktiv doskalar, 20 dona yangi zamonaviy monobloklar, yangi mebellar bilan jihozlandi.
Uygʻun Gʻafurov,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori