Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.R. xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari boʻlmagan jami 48 ming dona “MILANO”, “SMART CHANGE”, “ESSE GOLD” (aksiz markasiz), hamda “PARLAMENT” va “PALL-MALL” nomli tamaki mahsulotlarini fuqaro R.J. ga jami 40 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.