баннер
15 Apr 2025
09:30

    Tamaki qutisiga yashirilgan giyohvand modda fosh boʻldi

    “Toshkent Xalqaro Aeroporti“ chegara bojxona posti xodimlari tomonidan noqonuniy tarzda mamlakatimizga olib kirilayotgan zargarlik buyumlari va tamaki qutisiga yashirilgan giyohvand modda fosh etildi.

    Qayd etilishicha, Dehli shahridan uchib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining qoʻl yuklari orasidan bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan, taxminiy qiymati 105 mln soʻmlik, ogʻirligi 105 grammni tashkil etuvchi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

    Shuningdek, Istanbulga yoʻl olgan hamyurtimizda “Kent“ nomli tamaki mahsuloti qutisi ichidan, tamaki mahsuloti orasiga aralashtirilgan siyohrang hidsiz modda aniqlandi.

    Ekspertiza xulosasiga koʻra mazkur modda — Pirrolidiopentiofenon nomli giyohvand moddasi boʻlib chiqdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech