Tanamizda vitamin va minerallar yetishmasa...

    Temir moddasi, D va A vitaminlari yetishmasligi, magniy va yod tanqisligi turli xastaliklar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.

    “Dori-Darmon” AK xuddi shu haqda maʼlumot berdi.

    1. Temir moddasining yetishmasligi.

    Oziqlanishning eng keng tarqalgan kamchiliklaridan biri. Bu dunyo boʻylab odamlarning 25 foizidan koʻprogʻida uchraydi. Temir yetishmasligi natijasida eng keng tarqalgan kasallik — bu anemiya.

    2. Yod tanqisligi.

    Yod yetishmovchiligining eng keng tarqalgan belgisi qalqonsimon bezning kattalashishi boʻlib, u vazn ortishi bilan ham namoyon boʻlishi mumkin.

    3. D vitamini yetishmovchiligi.

    Insolyatsiya darajasi past boʻlgan mintaqalarda D vitamini yetishmasligi juda keng tarqalgan.

    4. A vitaminini yetishmasligi.

    A vitamini yogʻda eriydigan vitamin hisoblanadi. U terining, tishlar, suyaklar va hujayra membranalarining sogʻligʻi va koʻz ravshanligiga yordam beradi.

    5. Magniy tanqisligi.

    Magniy tanamizdagi 300 dan ortiq fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadigan asosiy mineraldir. Magniyning kuchli yetishmovchiligi yurak ritmining buzilishi, mushaklarning qisqarishi va oyoq sogʻligʻiga sabab boʻladi.