A.Sharshekeyev rang tasvirchi rassom, oʻqituvchi. 1979-yili Qirgʻiziston respublikasining Issiq-koʻl tumanida tugʻilgan. T.Sodiqov nomidagi Qirgʻiziston Milliy badiiy akademiyasida oʻqigan. Ekspozitsiyadan uning “Birinchi uchrashuv”, “Bishkek”, “Qoʻshnilar”, “Chopar”, “Balandlik, “Orzular” va boshqa qator ijodiy ishlari oʻrin olgan.
U.Rajabov 1985-yili Xorazmda tugʻilgan. Rangtasvirchi rassom, oʻqituvchi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olgan. Koʻrgazmada uning “Sirli Urganch”, “Toshkent”, “Turkiyadan” turkumida tarixiy shaharlardan lavhalar, shuningdek “Samarqand”, “Oʻtgan vaqt” va boshqa qator ijodiy ishlari namoyish qilish uchun taqdim etilgan.
Hasan Abdunazarov