Mazkur printer – ko'rinadigan yorug'lik ta'sirida qotib qoladigan suyuq qatronlar omboriga qayta sozlanishi mumkin bo'lgan yorug'lik nurlarini chiqaradigan millimetrli fotonik chipdan iborat miniatyura qurilma.
Prototip chipida harakatlanuvchi qismlar yo'q, aksincha, qalinligi 160 nanometr bo'lgan kichik antennalar majmuasiga tayanadi. Suyuq kristall modulyatorlar yordamida antenna massivining har ikki tomonidagi optik signalni tezlashtirish yoki kechiktirish orqali chip yorug'lik nurini ma'lum bir yo'nalishda harakatlantirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda chip 2D naqshlarni chiza oladi, ammo kelajakda olimlar fotonik chip qatronlar idishining pastki qismida joylashadigan va naqsh hosil qiladigan, 3D “chop etuvchi” tizimini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Portativ 3D-printeri shifokorlarga tibbiy asbob-uskunalarning maxsus komponentlarini yaratishga yoki muhandislarga tezda prototiplarni ishlab chiqishga imkon beradi, deb xabar beradi lenta.ru.