Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov vafot etdi

    Mashhur bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Musaxon Nurmatov uzoq davom etgan xastalikdan soʻng 56 yoshida olamdan oʻtdi.

    Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Maʼlum boʻlishicha, bastakor uzoq vaqtdan buyon kasallik bilan kurashib kelgan.

    Eslatib oʻtamiz, ijodkor bastalagan kuylar orasi “Laylim”, “U goʻzal boshqa”, “Adashdim”, “Yana sogʻindim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yoʻq”, “Qizmi bu, kiyikmi bu”, “Davraga tushgan goʻzal”, “Oh, mani vatanim bu”, " Kelin boʻlib ketar boʻlding Laylo», “Toʻlin oy”, “Naysonim Vatan” kabi oʻnlab qoʻshiqlari mashhur.

    Shuningdek, soʻnggi yillarda Musaxon Nurmatovning gʻoyasi va prodyusserligida “Jurnalist” va “Qodirxon” kabi seriallar suratga olindi.

    Yuz.uz tahririyati marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.