Taniqli ekspert koronavirus pandemiyasi qachon tugashini ma'lum qildi

    epidemiolog va yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassis, sog'liqni saqlash sohasidagi xalqaro ekspert Mixail Favorov pandemiya haqida fikr bildirdi

    Еpidemiolog va yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassis, sog'liqni saqlash sohasidagi xalqaro ekspert Mixail Favorovning so'zlariga ko'ra, koronavirus pandemiyasi 2022 yilda jami aholini emlash evaziga tugaydi, deya xabar qiladi Ria Novosti.

    – Еmlash ishlari hozirdan tartibli tashkil etilsa, pandemiya 2020 yilga borib tugaydi. Afususki, aksariyat odamlar emlash jarayoni qanchalar zarurligi va jiddiyligini to'la anglab etishmayapti, – deydi Novosibirsk yaqinidagi Kol`tsovo shahrida bo'lib o'tayotgan biotexnologiya konferentsiyasida ishtirok etayotgan mutaxassis.

    Favorov, shuningdek, vaktsinalarning xalqaro standart asosida ishlangan va standartlashtirilgan namunalarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilganligini, shu kungacha kamida 100 ming dona dori qabul qilingani va sinovlarning uchinchi bosqichiga o'tilganligini ham ma'lum qilgan.