Taniqli matematik olimi Azimboy Saʼdullayev vafot etdi

    Tashvishli xabar 28 May 2025 982

    Shu yilning 28-may kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Azimboy Saʼdullayev 78 yoshida vafot etdi.

    Azimboy Saʼdullayev oʻzining boy ilmiy merosi, fidokorona mehnati, yuqori salohiyatli pedagoglik faoliyati, halolligi va insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz va xalqimiz oldida beqiyos xizmat koʻrsatgan olim edi.

    U tomonidan yaratilgan ilmiy maktab, yetishtirilgan shogirdlar va olib borilgan fundamental tadqiqotlar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham eʼtirof etilgan. Olimning “Koʻp kompleksli oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi“ va “Kompleks potensiallar nazariyasi“ sohasidagi ilmiy ishlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.

    Azimboy Saʼdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy yorligʻi, “Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, “Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.