«Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan “oʻq ildizlarini” quritishimiz shart.
Eng achinarlisi, bunga taniqli shaxslar bosh-qosh boʻlayapti, odamlar ularga tenglashaman deb, oʻzini “oʻtga-choʻgʻga” urayapti.
Bu borada ayrim rahbarlar oʻzining kamtarona turmush tarzi bilan barchaga namuna boʻlish oʻrniga, bunday soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topishga intilayotgani ham bor gap», — dedi Prezident.
Shu bois davlatimiz rahbari parlament palatalari, mahalliy kengashlar, jamoatchilik vakillari, mahalla raislari, nuroniylarni bu masalaga bosh-qosh boʻlib, aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirishga chaqirdi.