Bahodir Iso 1956-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi «Dutir« qishlogʻida tugʻilgan. 1977-yilda Fargʻona pedagogika institutini tugatgan, biroq faoliyatini asosan adabiyotga, sanʼatga bogʻlagan.
Shoir 1988-yilda nashr etilgan "Xayrli tun" sheʼriy toʻplami bilan muxlislar qalbidan joy olgan.
Yozuvchilar uyushmasining xabariga ko'ra, janoza namozi bugun soat 11:00 da Rishton tumanidagi Dutir qishlogʻida oʻqiladi.
“Yuz.uz” jamoasi marhumning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi.