Taniqli shoir va dramaturg Haydar Muhammad vafot etdi

    Tashvishli xabar 9 Oktabr 2022 1744

    Bu haqda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. 

    Uning birinchi she'riy to'plami «Ko'nglim mening» nomi bilan 1975 yilda nashr bo'lgan. Shundan so'ng «Olchamning tug'ilgan kuni», «Yo'llaringga mushtoqman», «Ipak gilamlar», «Hazilkash shoh» kabi she'riy va dramatik asarlari, to'plamlari chop etilgan.

    Haydar Muhammadning «Xotinlar «gap»idan chiqqan hangoma», «Sab'ai sayyor» (Navoiy dostoni asosida), «Hazilkash shoh», «Sehrgar va ayyor», «Jinoyat ustida ushlansin», «elyor botir» kabi drama va komediyalari Hamza nomidagi O'zbek davlat akademik drama teatri, Muqimiy nomli respublika musiqali teatri, viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.

    «Xotinlar «gap»idan chiqqan hangoma» komediyasi asosida suratga olingan «Temir erkak» fil`mi respublikada eng ko'p tomoshabin ko'rgan asarlardan biridir.

    “Do'stlik” ordeni bilan taqdirlangan.