Taniqli suxandon Oʻtkir Siddiqov vafot etdi

    Tashvishli xabar 20 Noyabr 2023 1358

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, taniqli suxandon Oʻtkir Siddiqov 78 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

    Oʻtkir Siddiqov 1945-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutining drama va kino aktyorligi yoʻnalishini tamomlagan. U 1968-yildan “Shodlik” ashula va raqs ansamblida ishlay boshlagan.

    Oʻtkir Siddiqov boshlovchi sifatida bugungacha 8 mingga yaqin konsert va tadbirlarda qatnashgan. U 250 dan martadan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilgan.

    U 1996-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni, 2017-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

    Bu haqda shoir Bobur Bobomurod xabar berdi.