Taniqli va isteʼdodli kinoaktyor Mashrab Kimsanov vafot etdi

    Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, taniqli va isteʼdodli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida, uzoq davom etgan xastalikdan soʻng bu yorugʻ olamni tark etdi.

    Maʼlumot uchun, Mashrab Kimsanov “Vodillik kelin”, “Olovli yoʻllar”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Masxaraboz”, “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Sehrli qalpoqcha”, “Onaginam orzusi” kabi koʻplab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan.

    Shuningdek, ijodkor “Togʻlik kuyov” filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.