Shodmon Otabek 1946-yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlogʻida tugʻilgan. 1969-yili Toshkent davlat universiteti (Milliy universitet)ni tamomlagan.
Respublika radiosi, Oʻzbekiston Milliy kinokompaniyasi, Toshkent davlat madaniyat instituti va “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasida ishlagan. 1992-yildan 2003-yilgacha “Xabar“ gazetasida bosh muharrir lavozimida faoliyat olib borgan.
Toʻrt marta nashr qilingan “Doʻrmon hangomalari“ kitobi Shodmon Otabekka mashhurlik keltirgan.
“Yuz.uz” jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.









