Taniqli yozuvchi Sobir O'nar 58 yoshida vafot etdi

    Tashvishli xabar 18 Dekabr 2022 1908

    Bu haqda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

    Sobir O'nar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyatining Qo'shrabot tumanida tug'ilgan. 1986 yilda ToshDUning jurnalistika fakul`tetini tamomlagan.

    O'narning ilk hikoyasi — “Kunsuluvning xatlari”. Shundan so'ng yozuvchining “Orzuga to'la qishloq” (1989), “Ovloq adirlar bag'rida” (1990), «Chashma» (1991) hikoyalar to'plamlari nashr etilgan.

    Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning “Ov hangomalari” (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning “Karbalo fojiasi” qissasini o'zbek tiliga tarjima qilgan