Filial Axborot Resurs Markaziga professor-oʻqituvchilar va talabalar unumli foydalanishlari uchun yangi oʻquv qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar keltirildi.
Oʻzbek shoir va yozuvchilarining yangi nashr qilingan asarlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan, mutaxassisliklar boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalar esa filialning tayanch Oliy taʼlim muassasasi boʻlgan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tomonidan homiylik asosida taqdim etildi.
Talabalar bu kabi koʻrgazmalar tez-tez tashkil etib turilishi ularning ijodiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.
Bizningcha, nafaqat Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, balki yurtimizdagi barcha universitet va institutlarda ham yangi kitoblar koʻrgazmasini tashkil etish oliy oʻquv maskanidagi maʼnaviy muhitni yaxshilashga katta taʼsir koʻrsatadi.