Shu munosabat bilan “O'zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK 15 - apreldan 16 - mayga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bakalavr hamda magistrlari o'rtasida tanlov o'tkazishni rejalashtirgan. Bir oy davomida yosh ijodkorlar BRMni amalga oshirishda akkreditatsiya faoliyatining o'rni qanday ekanligini o'z ijod mahsullarida namoyon eta olishlari kerak.
Mazkur yo'nalishdagi tanlov Markaz tomonidan ilk marotaba o'tkazilayotgan bo'lib, undan ko'zlangan maqsad yosh avlod tafakkuriga mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, iste'molchilarning har sohadagi haq-huquqlarini himoya qilishda akkreditatsiyaning o'rni qanchalik darajada muhim ekanligini singdirishdir.
O'TJTSA qoshidagi “O'zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK vakillari institut talabalari bilan uchrashuvda “Akkreditatsiya — barqaror iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhit musaffoligi himoyasida” mavzuidagi ijodiy ishlar yo'nalishi hamda mazmun-mohiyati haqida so'z yuritdi.
Uchrashuvda talaba yoshlarga akkreditatsiya nima, uning asosiy vazifalari, O'zbekistonda akkreditatsiya sohasida qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida qisqacha ma'lumot berib o'tildi.
Bevosita tanlov va uning shartlari hususida ham so'z bordi. Tanlov ham bevosita ushbu chorlovga monand bo'lib, yosh rassomlar o'z ijodiy ishlarida ushbu mavzuni yoritib berishlari kerak bo'ladi.
Tadbirda talabalar bu tanlovga katta qiziqish bildirdilar va ijodiy ishlarning janri, soni, taqdimot usullari haqida savollar berdilar. Tanlov uchun ko'rsatilgan barcha shartlar institut telegram kanali va rasmiy saytida ham e'lon qilindi.
19 - may kuni tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tishi va eng yaxshi ijodiy ishlar “Butunjahon akkreditatsiya kuni” munosabati bilan o'tkaziladigan xalqaro anjumanda ham namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.