“Tanxoz“ daryosining oʻrtasida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

    Ijtimoiy hayot 26 May 2025 484

    U daryoni kechib oʻtayotganda suv sathi koʻtarilib ketgan.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani “Oʻrtaqoʻrgʻon“ MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Tanxoz“ daryosidan bir nafar fuqaro kechib oʻtayotgan vaqtda kutilmaganda suv sathi koʻpayib ketishi oqibatida daryo oʻrtasidagi beton boʻlaklari ustida qolib ketganiligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

    Kelib tushgan xabarga asosan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus qutqaruv anjomlari yordamida fuqaro xavfsiz hududga olib chiqilgan.