Tanzaniya: yo'l-transport hodisasi oqibatida 25 kishi halok bo'ldi

    Tanzaniya shimolidagi yo'l-transport hodisasi oqibatida kamida 25 kishi, jumladan Keniya, AQSh va JAR fuqarolari halok bo'ldi.

    Shuningdek, 21 kishi jarohatlangan. Shanba kuni Arushi va Namangu trassasida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to'qnashuvi sodir bo'ldi.

    Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluxu Hasan baxtsiz hodisa tufayli hamdardlik bildirdi, deb xabar beradi report.az.