Tanzaniyada suv toshqini qurbonlari soni ortdi

    Tanzaniyada suv toshqinlari va ko'chkilar qurbonlari soni 63 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda France-Presse agentligi Bosh vazir Kassim Majaliva bayonotiga tayanib.

    “Biz 63 kishidan ayrildik. Ularning 23 nafari erkak va 40 nafari ayoldir”, — dedi Bosh vazir.

    Ma'lumki, mamlakat shimolida kuchli yog'ingarchilik oqibatida 116 kishi jabrlangan. U yerda infratuzilma va turar-joy binolariga zarar yetgani ham qayd etilgan, deb xabar beradi mir24.tv.