Tanzaniya shimolida oltin konida yuz bergan o'pirilish oqibatida kamida 21 konchi halok bo'ldi. Bu haqda mahalliy hukumat vakili Yaxaya Navanda ma'lum qildi.

“Shaxta kuchli yomg'ir natijasida o'pirilib tushdi”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi “Sinxua” agentligi. “Halok bo'lganlar bilan birga bedarak yo'qolganlar ham bor, qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda”.

Voqea sodir bo'lgan paytda konda necha nafar konchi bo'lgani noma'lum, deb xabar beradi tass.ru.